Музей истории города Чирчик
“Mirzo Ulug’bekning xayolot dunyosi” nomli teatrlashtirilgan sahna ko’rinishi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27-maydagi “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari tog’risida”gi PQ-261 sonli qarorining 6-ilova 16.2-bandida Muzeylar hamda madaniy meros obyektlarida tariximiz va madaniyatimiz to’g’risida tarixiy sahna ko’rinishlari va teatrlashtirilgan namoyishlarni o’tkazish belgilangan. Mazkur band ijrosini ta’minlash maqsadida Chirchiq shahar tarixi muzeyida 2023-yil 9-yanvar kuni “Mirzo Ulug’bekning xayolot dunyosi” nomli teatrlashtirilgan sahna ko’rinishi namoyish etildi. Sahna ko’rinishi tashrifchilarda katta qiziqish uyg’otdi hamda ularni o’sha tarixiy kunlar va voqealar og’ushiga olib kirdi.