Madaniy meros agentligi tomonidan 2024-yilda muzeylarda tashkil etiladigan tadbirlarning kalendar reja tuzildi
Madaniy meros agentligi tasdiqlangan kalendar reja 2024-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda joylashgan davlat muzeylari hamda madaniy meros obyektlarida turli shakldagi ko‘rgazma va tadbirlar, xalqaro darajadagi festivallar, teatrlashtirilgan tarixiy sahna ko‘rinishlari, konsert tomoshalar va usta-hunarmanadlar tomonidan mahorat darslari o‘tkazilishi belgilangan.