Музей истории города Чирчик
Etnografik turizmni rivojlantirish – bugungi kunning dolzarb masalasi

Turizm soʼnggi oʼn yillikda iqtisodiy hayotning global integratsiyalashuvida muhim omil sifatida mamlakatlarning jahon bozoriga kirishida oʼziga xos mexanizm sifatida ishtirok etmoqda. Oʼz navbatida, Oʼzbekiston milliy turizmining rivojlanishi ham iqtisodiy oʼsishning tayanch nuqtasiga aylandi. Oʼzbekistan hududi eng qadimiy madaniyat markazlaridan biri boʼlgan. Bu hududda ming yillar davomida shakllangan koʼplab madaniyat va maʼnaviyat markazlari, minglab ilmiy asarlar hamda tarixiy yodgorliklar xalqimizning boy madaniy-maʼnaviy yodgorliklari hisoblanadi. Madaniy-maʼnaviy merosning koʼpligi, boy va rang-barangligi hamda qadimiyligi bilan Oʼzbekiston dunyoda yetakchi oʼrinlardan birida turadi.

Hozirgi kunda mamlakatimizda tarixiy ahamiyatga ega boʼlgan obyektlar, arxeologik, qurilish, meʼmorchilik obyektlari, xalq tasviriy va amaliy sanʼati asarlari, muqaddas ziyoratgoh maskanlari xalqimizning madaniy meros namunalari sifatida asrab-avaylab kelinmoqda. Mamlakatimiz hududida topilgan asori-atiqalar, arxeologik qazilmalar butun dunyo eʼtiborini madaniy turizm, shu jumladan, etnografik turizm borasida Oʼzbekiston Respublikasiga qaratilayotganidan dalolat berib kelmoqda. Shuni taʼkildash joizki, turli xalqlar, elatlar va hududlarning urf-odatlari, madaniyati va turmush tarzini oʼrganishga boʼlgan harakat, intilishlar insonlarni sayohat qilishga undaydi. Аna shu omillar asosida etnografik turizm sohasi ham rivoj topib bormoqda. Masalan, turli xalqlarning urf-odatlari, turmush tarzi, milliy taomlari, kiyim-kechaklari, roʼzgʼor buyumlari, madaniy-tarixiy obidalari turizm sohasida eng ommalashgan xizmat koʼrsatish turlari sifatida namoyon boʼlib kelmoqda. Xalq folklori, dekarativ va amaliy sanʼatning turli sohalarini, xalq musiqasi, kiyimlari, uy-roʼzgʼor buyumlarini, kishilarning maʼnaviy va madaniy hayotini oʼrganishda etnografik muzey turizmining roli va oʼrni beqiyos kattadir. Shu sababli xalqning madaniy koʼrinishining etnografik muzeylarda va madaniy yodgorliklarda namoyish qilish sayyohlarda juda katta qiziqish uygʼotadi. Turizmni muzeylarsiz tasavvur qilish qiyin. Muzey turizmi turli mamlakat, xalq, millatlar tarixi, ularning madaniy merosi, dini, urf-odati, marosimlari, xususan madaniyati, sanʼati toʼgʼrisida atroflicha maʼlumot beradi hamda unumli dam olishi, xordiq chiqarishining turli-tuman koʼrinishlarini ochib beradi. Etnografik muzey turizmining rivojlanishi har bir hudud tarixiy merosini targʼib etish bilan birga, mavjud shaharlar, joylar tarixini, xalqaro nomini ommaga tanitishda va turizm marketingining shakllanishini taʼminlaydi.

Turizmni muzey va yodgorliklarda shakllantirish – keng tarqalgan soha boʼlib, turli mamlakat, xalq, millatlar tarixi, ularning madaniy merosi, dini, urf-odati hamda marosimlari, xususan sanʼati toʼgʼrisida atroflicha maʼlumot beradi, shuningdek, unumli dam olishning turli-tuman koʼrinishlarini ochib beradi. Sayyohlikni rivojlantirish – uning mamlakat iqtisodiyotini koʼtarishda munosib ulushga egaligi va ijtimoiy ahamiyat kasb etishi soʼnggi yillarda dunyo boʼyicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida oʼz asosini topdi. Bunday tadqiqot, ilmiy izlanishlarni yuqori samara berishi uchun bugungi kunda Xalqaro turizmda muzeylar faoliyatini tashkil etish maqsadga muvofiq boʼlar edi. Ushbu muzey haqiqiy professional ilmiy markaz sifatida faoliyat yuritib, oʼz oldiga sayyohlik tarixi, texnologiyasi toʼgʼrisida maʼlumotlarni jamlash, qayta ishlash va shu asosda sayyohlik faoliyatini takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqarishni asosiy vazifa etib belgilaydi. Turizmda muzeyning asosiy gʼoyasiga hududlarni madaniyati va tarixini yoritish, kompleks gʼoyani tuzish, ilmiy-ommabop va boshqa muzeyga xos anʼanaviy qiziqishlarni qamrab oladi.

Turli xalqlar va hududlar urf-odatlari, madaniyati va turmush tarzini oʼrganishga intilish insonlarni sayohat qilishga undaydi. Аna shu omillar asosida etnografik turizm industriyasi rivojlanmoqda. Masalan, turli xalqlarning madaniyatini yaqqol aks ettiruvchi milliy buyumlar, milliy taomlar, madaniy-tarixiy yodgorliklar turizm sohasida eng ommalashgan xizmat turlari sifatida koʼrinmoqda. Bugungi kunda koʼpgina mehmonxonalar mahalliy rassom va haykaltaroshlarning ijodiy ishlarini namoyish qilgan holda xorijiy mehmonlarga oʼz vatanlarining madaniyati hamda sanʼatini tanishtirishga harakat qilishmoqda. Shuningdek, mehmonxonalarning maxsus zallarida sanʼat asarlarining koʼrgazma savdolari tashkil etilmoqda. Bundan tashqari, sayyohlarga turli xalqona milliy musiqalar va folьklor raqs koʼrinishlari namoyish etilmoqda. Madaniy koʼrinish omillari muzeylarda va moddiy yodgorliklarda namoyish qilish davomida sayyohlarning qiziqishlarini oʼrgangan holda tashkillashtirilishi ijobiy jarayonlarni yuzaga keltirmoqda.

Oʼ.Y. Аbdullaev, Chirchiq shahar tarixi muzeyi boʼlim mudiri.