2024-yil 27/29-fevral kunlari Sohibqiron Amir Temur tug‘ilib o‘sgan yurt, yashil shahar Shahrisabzda «O‘zbekiston muzeylarining dolzarb muammolari» mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. Yurtimiz va xorijdan kelgan atoqli olimlar, muzeyshunoslar, arxeologlar yurtimizdagi muzeylarning qiziqarliligini oshirish, tashrif buyuruvchilarning sonini ko‘paytirish, muzeylarning moddiy texnik bazasini rivojlantirish uchun fikr almashishadi. Shuningdek, «O‘zbekistondagi arxeologik obyektlarni muzey qo‘riqxonalarga aylantirish», «Markaziy Osiyo tarixi: o‘tmishi umumiy va kelajagi mushtarakdir», «O‘zbekistondagi muzeylar fondi, ahvoli va saqanayotgan osori-atiqalarning ilmiy ahamiyati», «Shahrisabz shahri 2024-yilning xalqaro turizm poytaxti» kabi mavzularda sho‘ba yig‘ilishlari bo‘lib o’tdi.
Ushbu konfrensiyada Chirchiq shahar tarixi muzeyi xodimlari ham o’zlarining mualliflik maqolalari bilan ishtrok etishmoqda.