Музей истории города Чирчик
Beldersoy petrogliflari haqida bilasizmi?
Avgust 24, 2022

Toshkentdan uncha uzoq boʻlmagan joyda, Chimyon va Beldersoy dam olish maskanlari yaqinida tarixdan oldingi davr yodgorligi – Beldersoy petrogliflari joylashgan. Ayrim manbalarda ular Kumbel petrogliflari deb ham yuritiladi. 2450 metr balandlikda joylashgan ushbu qoya surati O‘zbekiston va qo‘shni davlatlar hududida yashab o‘tgan qadimiy insonning madaniyati va hayotining ko‘plab dalolatlaridan biridir. Beldersoy petrogliflari zamonaviy “sivilizatsiya”ga nisbatan yaqin – Beldersoy dam olish maskanidan atigi 8 kilometr uzoqlikda joylashgan. Odatda, toqqa chiqish yo’llari ularning yonidan o’tadi va ba’zi turistlar ushbu qoya rasmlarini ziyorat qilishni maqsad qiladi.

                         

Beldersoy daryosi vodiysi juda go‘zal, atrofdagi adirlardan Katta Chimyon tog‘ining go‘zal manzaralari ko‘rinadi. Daryoning chap qirg’og’ida lager uchun bir nechta ajoyib joylar mavjud. Shundаy qilib, tog’ turizmi uchun mos joy.

Biroq tayanch lagerdan 4 kilometr uzoqlikda joylashgan va u bilan balandligi farqi 850-900 metr bo’lgan petrogliflar deyarli o’rganilmagan yoki ulardagi materiallar haligacha dunyoga noma’lum Beldersoy yon bag’iridagi qoyatosh san’atining yoshi katta savol bo’lib qolmoqda. Balandlik, yozda quyoshda, qishda qorda uzoq vaqt turish ularning yoshini aniqlashni qiyinlashtiradi. Taxminlarga ko’ra, qoyatosh rasmlari yoshi 6 dan 10 ming yilgacha o’zgarib turadi va neolit davriga tegishli. Chirchiq shahar tarixi muzeyi Beldersoy qoyatoshlarini o’rganib, ma’lumot yig’ib bormoqda. Shubhasiz, Beldersoy petrogliflari ham tarixdan oldingi davrning boshqa yodgorliklari kabi o‘rganilishi va saqlanishi kerak.

Chirchiq shahar tarixi muzeyi bosh muhofizi X. Tuychiboyev