O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida” PQ-261-son qarori 8-bandi ijrosini ta’minlash uchun , “Milliy merosga mening hissam” umumxalq aksiyasi doirasida 2023-yil uchun “hadiya” tariqasida turli davlarga oid 72 ta ashyo qabul qilib olinib rasmiylashtirilgan. Shulardan asosiy fondga 57 ta, ilmiy yordamchi fondga 15 ta. Ulardan “etnografiya” bo‘limiga 38 ta ashyo, “san’at” bo‘limiga 22 ta , yozma manbalar 4 ta, foto albom 8 ta.
Chirchiq shahar tarixi muzeyi joriy yilning 30-noyabr kuni “Milliy merosga mening hissam” umumxalq aksiyasi doirasida ochilgan ko‘rgazmaga qabul qilib olingan ashyolarning bir qismi namoyish etildi.