25 iyul kuni Chirchiq shahar tarixi muzeyida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 27-maydagi 261-sonli qarorining 6-ilovasi 2-bandi asosida “Zargarlik buyumlari – madaniyatimiz javohiri” nomli ko’ngil ochar bayram dasturi bo’lib o’tdi. Tadbir karnay sunray sadosi ostida ochib berildi. Dastur davomida musiqiy chiqishlar, folklyor jamoasi, opera va estrada yo’nalishi bo’yicha yosh havaskorlar chiqishlari bilan mehmonlarni xushnud etdilar. Bundan tashqari “San’atsevar millat” mavzusi doirasida Toshkent viloyati Chirchiq shahar “Hunarmand” uyushmasi a’zolari: qo’ligul zargarlar, kulollar, gilamdo’zlik ustalari, esdalik buyumlari yo’nalishi hunarmandlarining mahorat darslari bo’lib o’tdi. Mazkur darslar muzey mehmonlari orasida katta qiziqish uyg’otdi. O’z mahorat darslari bilan qatnashgan usta-hunarmandlarga Chirchiq shahar tarixi muzeyidan tashakkurnomalar taqdim etildi. Shuningdek “Tungi muzey” loyihasi doirasida o’tkazilgan ko’ngil ochar konsert va muzey bo’ylab sayohat tashrifchilarga ko’tarinki kayfiyat ulashdi. Konsertda Chirchiq shahar Madaniyat bo’limi san’atkorlari o’z chiqishlari bilan mexmonlarda katta taassurot qoldirdilar.