1 – iyun «Xalqaro bolalarni himoya qilish» kuni munosabati bilan Chirchiq shahar tarixi muzeyida bayram dasturi namoyishi oʻtkazildi.
Chirchiq shahar 33 – sonli MTM si tarbiyalanuvchilari, muzey hodimlari tomonidan sahnalashtirilgan milliy anʼanalarimizga mos boʻlgan ajoyib ,,Sholgʻom» ertagi qoʻgʻirchoq teatri spektaklini maroq bilan tomosha qilishdi. Bayram soʻngida barcha shirindan – shakar bolajonlarimizga sovgʻalar tarqatildi. Muzeyda namoyish etilgan ertak tomoshasi bolajonlarga bir dunyo zavq- shavq ulashdi . Barcha bolajonlarni yuzlaridan bayramona kayfiyat yogʻilib turdi.